» » “O‘zstandart” qiymati 148,8 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan mahsulotlarning tegishli me’yorlarga javob bermasligini aniqladi

“O‘zstandart” qiymati 148,8 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan mahsulotlarning tegishli me’yorlarga javob bermasligini aniqladi


O‘zstandart” agentligi tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Nazorat xaridi”ni amalga oshirib kelmoqda. Agentlik matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, o‘tgan davr mobaynida 148,8 milliard so‘mdan ortiq mahalliy va import qilinayotgan mahsulotlar tegishli me’yorlarga javob bermagani aniqlandi.

Bulardan 5 milliard so‘m qiymatidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Rossiya, Pokiston, Gruziya davlatlaridan import qilingani ma’lum bo‘ldi.

Birgina 2019-yil davomida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Chuqursoy” sertifikatlashtirish  idorasi tomonidan konservalangan “ko‘k no‘xat”, “qizil loviya”, “sariyog‘” va “Atlantika skumbriya”si mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlari laboratoriya sinovlarida nomuvofiqligi aniqlangan.

“Hurmatli iste’molchilar, mahsulot xarid qilayotganingizda albatta uning tegishli sertifikati va sifatiga e’tiborli bo‘lishingizni tavsiya qilamiz”, — deyiladi agentlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют