» » Sogliqni saqlash vazirligi Navoiyda shifokorga qilingan tahdid yuzasidan: Tibbiy madaniyat shifokorga nisbatan munosabatdan boshlanadi

Sogliqni saqlash vazirligi Navoiyda shifokorga qilingan tahdid yuzasidan: Tibbiy madaniyat shifokorga nisbatan munosabatdan boshlanadi


Ijtimoiy tarmoqlarda Ozbekistonda yana bir shifokorga tahdid qilingan video tarqaldi sarlavhali material tarqalgan edi. Sogliqni saqlash vazirligi ushbu masala yuzasidan oz fikrini bildirdi.

Tibbiy madaniyatning birlamchi belgisi shifokorga nisbatan munosabatdan boshlanadi. Minglab, millionlab insonlar dardiga malham bolishga bel boglagan tibbiyot xodimlari bemorning qarindoshlari tomonidan haqorat qilinishi, ayrim hollarda esa, hatto, tan jarohati yetkazilishini qanday baholash mumkin? Bundan holatlar shifokorlar ruhiyatiga salbiy tasir qilishi, shuningdek, yoshlarning ushbu kasbga nisbatan qiziqishining sonishiga sabab bolishi mumkin, deydi Sogliqni saqlash vaziri orinbosari Elmira Basitxanova. Jamiyatimizda fuqarolarning shifokorlarga tajovuz qilish kabi holatlarning kopayib ketayotganini hisobga olib, ushbu illatning oldini olishni eng samarali yollaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar uchun qatiy javobgarlikni kuchaytirish, huquq-tartibot organlari tomonidan zarur choralar korilishi lozim, deb hisoblaymiz.

Aniqlanishicha, 2019-yil 16-yanvar kuni soat 23:00 larda Navoiy viloyati Navbahor tuman tibbiyot birlashmasi qabul bolimida shoshilinch tibbiy yordam bolimi navbatchi terapevt shifokori A.E.ga Navbahor tuman Arabxona MFYda yashovchi fuqaro I.E 4 oylik farzandining bezovta bolganligi sababli navbatsiz kirib keladi. Shifokor A.E. homilador ayolni tibbiy korikdan otkazayotgan bolishiga qaramay, bolasini korishini aytadi. Haqoratli sozlar bilan popisa qilib, shifokorga tahdid qilgan va hattoki urmoqchi bolgan. Shifokor A.E. pediatr shifokor emasligi hamda pediatr shifokor bolimda boshqa, ogir ahvoldagi bolani tibbiy korikdan otkazayotganini tushuntirishga qaramay, fuqaro I. E. janjal qilgan va bolasini shifokorlarga korsatmasdan uyiga olib ketgan. Bola bugungi kunda soglom, rejali emlashlarni oz vaqtida olib kelmoqda hamda hudud shifokorlarining doimiy nazoratida turibdi.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan Navbahor tuman Ichki ishlar bolimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Malumotlarga kora, birgina Resupublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi filiallarida 2018-yil va 2019-yilning otgan uch oyi davomida 40 dan ziyod tibbiyot xodimlariga bemor va bemor qarindoshlari tomonidan tan jarohati yetkazish bilan bogliq holatlar qayd etilgan. Ularning aksariyati boyicha huquq-tartibot organlari tomonidan tegishli choralar korilgan bolsada, hamon yetarli chora korilmagan holatlar ham mavjud. Jumladan, Markazning Surxondaryo viloyat filiali pediatriya bolimida shifokor G.M.ni tibbiy yordam korsatilayotgan bemorning onasi urgan. Shuningdek, Xorazm viloyat filialida 103 chaqiruvida bemor korigi vaqtida shifokor T.Q.ni bemorning otasi mast holda urgan. Har ikki holat boyicha tegishli organlarga xabar berilgan bolsa-da, hozircha chora korilgani yoq. Bu kabi misollarni yana koplab keltirish mumkin, deydi Sogliqni saqlash vazirligi yuridik bolimi boshligi Ruslan Muhammadiyev. Afsuski, yuqoridagi kabi illatlar yoqolish orniga kopayishda davom etmoqda. Quvonarlisi, biz ichki ishlar, prokuratura idorasi yoki sud xodimiga nisbatan bundaytajovuz bolganini juda kam eshitamiz. Bunga nima sabab? Sababi bitta. Qonunni bunday shaklda buzmoqchi bolgan fuqaro qilmishi uchun oyogini yerga tekkizmay olib borib, qamab qoyishlari mumkinligini biladi. Bu esa bugungi kunda yaxshi profilaktik samara bermoqda. Ular kabi jamiyat va xalqqa xizmat qilayotgan tibbiyot xodimiga nisbatan tajovuz qilganlik uchun kozda tutilgan jinoiy jazolar esa birmuncha liberal. Oqibatda esa hech bir aybi bolmagan tibbiyot xodimining sogligiga tiklab bolmaydigan zarar yetkazgan shaxslar ham ayrim hollarda amalda hech qanday jazo otamasdan qolib ketayotganligini achchiq alam bilan qayd etib otmasdan ilojimiz yoq.

Nima bolganda ham Sogliqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining huquqlari himoya qilinishini taminlash, ularni har qanday noqonuniy xatti-harakatlardan asrash boyicha qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida bundan buyon ham tegishli choralarni korib boradi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-06-2019, 18:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -