» » Artur Laffer CAMCA-2019 forumi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Artur Laffer CAMCA-2019 forumi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi


12-iyundan 14-iyungacha Toshkentda oltnchi xalqaro CAMCA an’anaviy mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Spot xabar berdi.

CAMCA forumi  — Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirish bo‘yicha mintaqaviy muloqotni rivojlantirishga qaratilgan nodavlat va partiyaviy bo‘lmagan tadbir.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbir “CAMCA: umumiy manfaatlar, umumiy intilishlar” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Forumda hududlararo savdo, transport va tranzit, mintaqaviy biznes va sarmoya, iqtisodiy rivojlanish, tadbirkorlik va innovatsiya, inson kapitali va ta’lim sohasida yalpi majlis, hisobot va muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

Forumda 80 dan ortiq nufuzli spikerlar va ekspertlar, shuningdek, mintaqaning 20 dan ortiq davlatidan 300 dan ortiq vakillar ishtirok etadi.

Asosiy ma’ruzachilar:

Laffer Associates kompaniyasining asoschisi va raisi Artur Laffer ham taqdimot o‘tkazadi. Laffer iqtisodiy mo‘jiza hisoblangan reyganomikaning otasi va oxirgi 85 yil ichidagi eng inqilobiy g‘oyalarning muallifi sanaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют