» » Qashqadaryoda kartoshka urugliklarini kopaytirishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etiladi. Polsha buning uchun 8 mln dollar ajratadi

Qashqadaryoda kartoshka urugliklarini kopaytirishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etiladi. Polsha buning uchun 8 mln dollar ajratadi


Qashqadaryoda Polsha investitsiya dasturi asosida qiymati 8 million dollariga teng, yillik quvvati 8 milllion dona in-vitro usulida kartoshka urugliklarini kopaytirishga ixtisoslashgan laboratoriya hamda yiliga 5 ming tonna soglom kartoshka urugliklari yetishtirishga moljallangan kompleks tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Daryoga Qishloq xojaligi vazirligi matbuot xizmati malum qildi.

Bu haqda Qishloq xojaligi vazirligida PolshaOzbek Savdo-sanoat palatasi, Polsha Kartoshka urugchiligi va himoya qilish instituti, Zamarte kartoshka yetishtirish MCHJ, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xojaligini standartlashtirish markazi, Bioorganik kimyo instituti vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda malum qilindi. Unda mazkur loyihani amalga oshirish, Ozbekiston va Polsha ortasida kartoshka urugchiligi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilganmasalalar muhokama etildi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida mamlakatda kartoshka urugi importiga bolgan ehtiyoj ichki imkoniyatdan qoplanishi, aholini ish bilan taminlash, kartoshka urugi sifatining yaxshilanishiga erishiladi. Hozirgi kunda fermer xojaliklarini soglom, viruslardan holi kartoshka urugliklari bilan taminlash maqsadida Polsha bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, deydi Qishloq xojaligi vaziri orinbosari Saidkamol Xojayev.

Joriy yilda Ozbekistonda 135 ming gektar hududda 2,8 million tonna kartoshka yetishtirish rejalashirilgan. Bugungi kunda Ozbekistonga turli xorijiy davlatlardan har yili ortacha 20-30 ming tonna kartoshka urugliklari import qilinmoqda. 2017-yilda Afgoniston, Belarus, Eron, Qozogiston, Rossiya, Turkiya, Pokiston singari davlatlardan qiymati 23 551 dollarga teng 193 622 tonna kartoshka import qilingan bolsa, 2018- yilda bu korsatkich 224 674 tonnani tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-06-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -