» » O‘zbekistonda maktab va kollejlar qoshidagi axborot-resurs markazlari tugatiladi

O‘zbekistonda maktab va kollejlar qoshidagi axborot-resurs markazlari tugatiladi


Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2019–2024-yillarda O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi hamda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan mablag‘larning ikki foizi Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratiladi.

Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari tashkil etiladi.

Shuningdek, maktablar va kollejlar qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha axborot-resurs markazlari tugatiladi, ularning kitob fondlari va shtat birliklari yangidan tashkil qilinayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga beriladi.

Qaror bilan yangi tashkil etilayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining asosiy vazifalari belgilab berildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga axborotdan foydalanish imkoniyatlari yaratish, foydalanuvchilarga har qanday (bosma, multimedia va raqamli) tashuvchilarda, Internet tarmog‘ida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, davlat tashkilotlarida, shu jumladan, harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalar tashkil qilinadi (takomillashtiriladi). Ularning kitob fondini yangilash va to‘ldirish uchun zarur nashrlar ro‘yxati har yili shakllantirib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют