» » Eldor Shomurodovning dubli O‘zbekistonga Suriya ustidan g‘alabani taqdim qildi (video)

Eldor Shomurodovning dubli O‘zbekistonga Suriya ustidan g‘alabani taqdim qildi (video)


FIFA kunlari doirasida Ektor Kuper qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi 11-iyun, seshanba kuni Toshkentda Suriya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuvda hisob 3-daqiqadayoq ochildi. Odil Ahmedovning uzatmasini Eldor Shomurodov golga aylantirdi. 42-daqiqaga kelib, Eldor bu safar Jaloliddin Masharipovning zarbasini to‘xtatmasdan Suriya darvozasiga yo‘lladi — 2:0.

Ikkinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi.

Shu tariqa O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kuper shogirdlari Toshkentda KXDRni 4:0 hisobida taslim qilgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

11-iyun, seshanba

Gollar: 1:0 — 3 Eldor Shomurodov, 2:0 — 42 Eldor Shomurodov.

O‘zbekiston — 25.Eldor Suyunov, 4.Farruh Sayfiyev (13.Oleg Zoteyev, 74), 5.Anzur Ismoilov, 6.Davron Hoshimov, 7.Odiljon Hamrobekov (18.Fozil Musayev, 60), 9.Odil Ahmedov (23.Xurshid G‘iyosov, 75), 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov (17.Igor Sergeyev, 79), 19.Oston O‘runov (8.Ikrom Aliboyev, 60), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Quvondiq Ro‘ziyev (22.Doston Ibragimov, 67)

Suriya — 1.Ibrohim Alma, 3.Muayad Al-Ajan, 5.Omro Midani (4.Shib Al-Ali, 46), 6.Amro Jenyat, 8.Mahmud Al-Mavas (11.Abdul Malik Al-Anizan, 77), 12.Muhammad Al-Vakid, 13.Ahmad Al-Ahmad (10.Firas Al-Xatib, 65), 14.Tami Hoj Muhammad, 19.Ahmad Ashkar, 20.Holid Al-Mbayed, 21.Muhammad Al-Marmur (16.Hamid Mido, 84).

Ogohlantirishlar: Mahmud Al-Mavas 48, Abdul Malik Al-Anizan 90+4

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют