» » O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kitobxonlik bo’yicha navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kitobxonlik bo’yicha navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi


Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Bo‘ka tumaniga tashrifi doirasida yangi tashkil etilgan kutubxona bilan tanishgan edi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalarlar agentligi xabariga ko‘ra, kutubxona bilan tanishuv davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tegishli vazirlik va idoralarning sohaviy muassasalari mutaxassislarini jalb qilgan holda, ilmiy yondashuvlar asosida aholining yosh qatlamlaridan kelib chiqib, kitob mutolaasiga qiziqtirish, yoshiga qarab qanday kitoblar o‘qishi bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Ushbu vazifa bo‘yicha 7-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tegishli vazirlik va idora vakillaridan iborat Ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Milliy kutubxona direktori U.Teshaboyeva Prezidentining topshirig‘i bo‘yicha ma’lumot berdi.

Mazkur masala bo‘yicha AOKA bo‘lim boshlig‘i V.Homidov 3 ta yo‘nalish bo‘yicha (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab yoshidagi bolalar va katta yoshdagilar) kitob o‘qishga jalb qilish uchun metodik tavsiya ishlab chiqish vazifasini topshirdi.

V.Ahmedova kitob o‘qishga jalb qilish bo‘yicha xorij tajribasi o‘rganilgani va undan kelib chiqib qabul qilingan davlat dasturlari haqida ma’lumot berdi. Shu jumladan, u kitob mutolaasiga qiziqish pasayganligini inobatga olgan holda Milliy davlat dasturini ishlab chiqish zarurligini aytib o‘tdi.

Ishchi guruhi yig‘ilishida mutolaaga jalb qilish metodikasini ishlab chiqishda pedagog, psixologlar bilan hamkorlikda ishlash tavsiya qilindi. Shuningdek, Milliy kutubxonada mutolaaga jalb qilish metodikasi bo‘yicha tanlov tashkil qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют