» » O‘zbekistonda kommunal xizmatlari iste’molchilariga yengilliklar yaratildi

O‘zbekistonda kommunal xizmatlari iste’molchilariga yengilliklar yaratildi


Vazirlar Mahkamasining 31-maydagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, ba’zi iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitob qilishda qulaylik va yengilliklar yaratildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Endilikda aholini elektr bilan ta’minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari va oilaviy korxonalarga, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalarga maishiy iste’molchilar uchun elektr energiyasining narxi 1 kVt/s uchun 331 so‘mdan 250 so‘mga pasaytirildi.

Avval yuqoridagi iste’molchilar guruhlari asosan xo‘jalik yuritish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun ko‘zda tutilgan tariflar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirgan.

Shuningdek, elektr ta’minoti korxonasining elektr tarmoqlari va uylarning ichki elektr tarmoqlarining bo‘linish chegarasidan umumiy mulk hisoblanadigan ushbu tarmoqlardan ta’minlanadigan maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarigacha bo‘lgan elektr tarmoqlaridagi elektr energiyasi yo‘qotishlari endilikda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining texnologik yo‘qotishlarida hisobga olinishi belgilandi.

Avval ushbu yo‘qotishlar uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari zimmasiga yuklangan va ushbu xarajatlar har bir xonadonga (abonentga) taqsimlab borilgan.

Bundan tashqari elektr energiyasi va tabiiy gazni realizatsiya qilishda narxni shakllantirishning alohida tartibi belgilanadigan tashkilotlar tabiiy gaz uchun oshirilgan tarif bo‘yicha to‘lovlarni (1 kub metr uchun 1000 so‘m) faqatgina Prezidentning “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘zda tutilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qismi uchun (pishgan g‘isht, ohaktosh, sement, farfor va fayans mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, issiqxonalar, umumiy ovqatlanish obyektlari va boshqalar) amalga oshiradi.

Avval yuqorida ta’kidlangan ro‘yxatga kiritilgan tadbirkorlarga barcha boshqa turdagi faoliyat sohalari bo‘yicha ham tabiiy gaz uchun oshirilgan tariflar qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют