» » Zelenskiy 15 nafar gubernatorni ishdan bo‘shatdi

Zelenskiy 15 nafar gubernatorni ishdan bo‘shatdi


Prezident ma’muriyatining boshlig‘i o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka ma’lum qilishicha, Vladimir Zelenskiy 15 ta viloyatdagi gubernatorlarni lavozimidan chetlatdi. Bu haqda u 11-iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda e’lon qilgan, deya yozadi “Bigmir.net”.

“Bugun mintaqaviy davlat ma’muriyatlari rahbarlarini lavozimidan ozod etishning birinchi qismi boshlandi”, — deydi Ryaboshapka.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Chernigov, Xmelnitskiy, Xerson, Ternopol, Sumskaya, Poltava, Odessa, Nikolayev, Lvov, Kirovograd, Kiyev, Ivano-Frankovsk, Zaporoje, Zakarpat va Volin rahbarlari ishdan bo‘shatildi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasidan oldin va keyin Ukrainaning bir qator gubernatorlari iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. Bu ayniqsa, Zakarpat, Vinnitsk, Lvov, Ternopol, Nikolayev, Chernigov va boshqa viloyat rahbarlariga taalluqlidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют