» » O‘zbekistondan qadimiy tangalarning olib chiqilishi oldi olindi

O‘zbekistondan qadimiy tangalarning olib chiqilishi oldi olindi


Bojxona xodimlari madaniy boyliklarni mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqilishi bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzilish holatiga chek qo‘ydi, bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi axborot ximati xabar qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida xorijga ketayotgan yo‘lovchi poyezdini bojxona ko‘rigidan o‘tkazgan.

Natijada, ushbu poyezd yo‘lovchisi fuqaro A. A tomonidan mamlakat hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilayotgan, 18 dona qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur tangalarning faqat bittasi 100 yil ilgari zarb etilgan bo‘lsa, qolganlarini qadimiyligi 2—2,5 asrdan oshgan. Shuningdek qadimiy tangalarning biri eski arab yozuvida va ikkinchisi esa eski xitoy yozuvida zarb qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют