» » Janubiy Koreyada ishlashni xohlovchi O‘zbekiston fuqarolarini tanlab olish bo‘yicha yangi tizim ishga tushirildi

Janubiy Koreyada ishlashni xohlovchi O‘zbekiston fuqarolarini tanlab olish bo‘yicha yangi tizim ishga tushirildi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Janubiy Koreyada ishlashni istovchilar uchun koreys tilidan bo‘ladigan imtihonlarning shaffof o‘tishini ta’minlaydigan yangi tizimni joriy etdi, deb xabar beradi UzDaily.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Janubiy Koreya o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, Koreyada ishga joylashishni istagan O‘zbekiston fuqarolari koreys tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ikki bosqichli test sinovidan o‘tishlari kerak. Birinchisi, dastlabki test bo‘lsa, ikkinchisi, asosiy test (EPS-TOPIK). EPS-TOPIK Janubiy Koreyaning inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan o‘tkaziladi. Dastlabki test sinovlari esa yaqin kunlarga qadar faqatgina Toshkent shahrida joylashgan tashkilot tomonidan o‘tkazilib kelinardi, bu esa turli viloyatlarda yashovchi fuqarolarga noqulaylik tug‘dirardi.

Test o‘tkazuvchi tashkilot fuqarolar tomonidan topshirilgan test natijalariga ko‘ra reytingni e’lon qilmasdi. Fuqarolarni tanlab olish mas’uliyati esa Tashqi mehnat migratsiya masalalari agentligi zimmasiga yuklatigan bo‘lib, ularda test natijalarining ishonchliligini tekshirish imkoniyati bo‘lmagan.

Yangi tartibga ko‘ra, test markazlarining monopoliyasi va fuqarolarga noqulaylik tug‘diruvchi shart-sharoitlariga barham berildi. Dastlabki testlarda tushadigan savollar qayta ishlab chiqilib, EPS-TOPIK’ka moslandi. Endilikda test markazlari dastlabki test topshirish jarayonlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining roziligi asosida ishtirok eta oladi.

Test markazlari imtihonlarda yaxshi natija ko‘rsatgan fuqarolarni mustaqil ravishda aniqlab, ularning ro‘yxatini Tashqi mehnat migratsiya masalalari agentligiga topshiradi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi esa test natijalarini tekshirish, shuningdek, xorijlik ekspertlarni jalb etishga haqli. Har bir fuqaro o‘zi topshirgan test imtihonlari natijasini kuzatib borishiga imkon yaratuvchi onlayn reyting dinamikasi ishga tushiriladi.

Yangi tizim tomonlarga bo‘lgan ishonchni oshiradi, test jarayonlarining shaffof o‘tishini ta’minlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют