» » “Dinamo-plyus” PFK tasarrufidagi Bolalar va o‘smirlar maxsus futbol sport maktabi mansabdor shaxslari ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Dinamo-plyus” PFK tasarrufidagi Bolalar va o‘smirlar maxsus futbol sport maktabi mansabdor shaxslari ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


“Daryo”da “Samarqandda bolalar futbolidagi korrupsiyaga kim barham beradi?” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilingan edi. Unda “Dinamo-plyus” PFK tasarrufidagi Bolalar va o‘smirlar maxsus futbol sport maktabi direktori xodimlar va maktab uchun ajratilgan pullarni noqonuniy tarzda o‘zlashtirib kelayotganligi bayon qilingandi.

“Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan futbol maktabi mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a, v, g” bandlari (ko‘p miqdorda; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishlik uchun Samarqand shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda “Dinamo-plyus” PFK tasarrufidagi bolalar va o‘smirlar maxsus futbol sport maktabi mansabdor va moddiy javobga shaxslari tomonidan 2018-yilning may oyidan 2019-yilning 1 yanvarigacha jami 65 146 000 so‘mlik safar xarajati pullarini chiqim orderlari va tegishli buxgalteriya hujjatlari tuzilmasdan asossiz sarflanganligi hamda boshqa moliyaviy qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют