» » Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov hamkorlik masalalarini muhokama qildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat avvalida davlat rahbari Qirg‘iziston Prezidentini Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zaro savdo hajmi izchil ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya yo‘lga qo‘yilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют