» » Uy sharoitida mebellarni tozalash sirlari

Uy sharoitida mebellarni tozalash sirlari


Yumshoq mebel bo‘lmagan uyning o‘zi yo‘q, shuning uchun kir va dog‘lar paydo bo‘lishi muammosi hammaga ma’lum. Bizning maqolamizda siz uy sharoitida yumshoq mebellarni qanday tozalash haqida foydali maslahatlar bilan tanishasiz.

Mebellar ustini 1 osh qoshiq tuzning 1 litr suvdagi eritmasiga botirilgan doka bilan o‘rash yaxshi samara beradi. Bunday orasta qilish usuli yumshoq mebel ustini tozalashdan tashqari uning rangini ham yangilaydi.

Agar changyutgich bo‘lmasa, mebelni sirka va tuzning (2 ch. qoshiq tuz + 1 ch. qoshiq sirka) 1 litr suvdagi eritmasiga botirilgan latta bilan o‘rab qo‘ying va changi to‘liq ketmaguncha qayta-qayta qoqing.

Biroz kirlangan yumshoq mebellarni tozalashda sovun eritmasidan foydalansa ham bo‘ladi. Mebelni bu eritmaga botirilgan latta bilan bir xil yo‘nalishda yaxshilab artib chiqing.

Agar siz divanni nima bilan tozalashni bilmasangiz, maxsus tozalovchi vositalardan foydalansangiz ham bo‘ladi. Bunday ko‘piklar mebelga sepiladi, qurishi kutiladi va changyutgichda tozalab olinadi.

Charmdan yoki charm o‘rnini bosuvchi materialdan qilingan mebellarni tozalash qiyin emas, asosiysi — ko‘p ho‘llamaslik. Maxsus vositalar va charm uchun salfetkalardan yoki tuxum oqi ishlatiladigan xalqona usuldan foydalanish mumkin. Buning uchun jildni arting va unga ko‘pirtirilgan tuxum oqini suring.

Manba: “Colady.ru”

Опубликовано: admin (22-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют