» » Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan Misr sobiq prezidenti sud zalida vafot etdi

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan Misr sobiq prezidenti sud zalida vafot etdi


Bir umrga ozodlikdan mahrum qilingan Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursi Qohiradagi sud jarayonida vafot etdi. Bu haqda Masrawy xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Mursiga so‘z berilgach, u so‘nggi so‘zini aytgan va shundan so‘ng vafot etgan.

Siyosatchi 67 yoshda edi.

2013-yilda hokimiyatdan chetlatilgan Mursi josuslikda ayblangan. 2015-yilda sobiq davlat boshlig‘i va uning 16 nafar tarafdori o‘limga hukm qilingan, ammo keyinchalik jazoni bir umrlik ozodlikdan mahrum qilishga almashtirilgan. Bu Misrda 25 yilga teng.

Mursining tarafdorlari bu qarorga qarshi chiqishga uringan, ammo 2017-yilda Misrning Apellyatsiya sudi ushbu qarorni tasdiqlagan.

“Musulmon birodarlar” uyushmasining yetakchilaridan biri Muhammad Mursi 2013-yil 3-iyul kuni harbiy to‘ntarish natijasida prezidentlik lavozimidan ag‘darilgan. Misrda hozirda Abdul Fattoh al-Sisi prezident hisoblanadi. Uning hukmronligi ostida mamlakatda islomchilarni (radikal va mo‘tadil) keng qamrovli ta’qib qilish hamda harbiy va huquqni muhofaza qilish tuzilmalarining umumiy kuchayishi boshlandi. “Musulmon birodarlar” uyushmasi faoliyati taqiqlab qo‘yildi, uyushma a’zolari ustidan sudlar tashkil qilindi.

Mursining 2012-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng, Misr Oliy Konstitutsion sudining raisi Faruk Sulton uni “xalq tomonidan demokratik yo‘l bilan saylangan Misrning birinchi prezidenti”, deb atagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют