» » “Yig‘layotgan Rayhon, aktyorlik qilayotgan rejissor va XVIII asrdagi askarlar” “Qo‘qon shamoli”ning suratga olish jarayonidan lavhalar (foto)

“Yig‘layotgan Rayhon, aktyorlik qilayotgan rejissor va XVIII asrdagi askarlar” “Qo‘qon shamoli”ning suratga olish jarayonidan lavhalar (foto)


“O‘zbekkino” buyurtmasiga binoan prodyuser Mahmud Erkabayev va rejissor Dilmurod Masaidov  tomonidan suratga olinayotgan “Qo‘qon shamoli” nomli tarixiy filmning suratga olish ishlari davom etmoqda.

Bu haqda film rejissori Dilmurod Masaidov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“Qo‘qon shamoli” filmining suratga olish ishlari may oyidan boshlangan bo‘lib, ayni vaqtda film uchun maxsus qurilgan muhtasham dekoratsiyasida suratga olish ishlari davom etmoqda.

“Qo‘qon shamoli” tarixiy filmining ssenariysi 2018-yilning iyul oyida “O‘zbekkino” MA badiiy kengashidan o‘tgan edi.

Filmda bosh rollarni Ilhom Berdiyev, Rayhon Asatova, Bobur Yo‘ldoshev, Gulbahor Yo‘ldosheva, Furqat Fayziyev singari aktyor va aktrisalar ijro etishmoqda.

Filmning keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan premyerasi kuz oylarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Zebo Qobilovaning “Aybsiz aybdor” deb nomlangan ssenariysi asosida prodyuser Mahmud Erkabayev hamda rejissor Dilmurod Masaidovlar tomonidan “Qo‘qon shamoli” deb nomlangan tarixiy filmni suratga olmoqda. Film Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют