» » Qirg‘izistonning maxsus xizmatlari ekstremistik tashkilot tarafdorlari guruhini qo‘lga oldi

Qirg‘izistonning maxsus xizmatlari ekstremistik tashkilot tarafdorlari guruhini qo‘lga oldi


Qirg‘izistonning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari respublikada taqiqlangan “Hizb ut-tahrir” ekstremistik tashkiloti tarafdorlari guruhini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi milliy xavfsizlik qo‘mitasi bilan hamkorlikda Norin viloyatidagi At-Bashinskiy tumanida tashkilotning olti nafar a’zosi turar-joyida sanksion tekshiruvlar o‘tkazildi”, — deyiladi xabarda.

Ularning barchasi qo‘lga olingan, hibsga olingan shaxslarning ism-familiyasi tergov siri hisoblangani bois oshkor etilmagan.

Ularga nisbatan “Ekstremistik tashkilotni tashkil etish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchilar vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют