» » Eron chetdan bo‘ladigan har qanday tajovuzga qat’iy javob berishini bildirdi

Eron chetdan bo‘ladigan har qanday tajovuzga qat’iy javob berishini bildirdi


Eron chetdan bo‘ladigan har qanday tajovuzga qat’iy javob berishini bildirdi. “Exo Moskvi”ning xabar berishicha, bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni ma’lum qildi.

U tegishli bayonotni Eron go‘yoki mamlakat havo hududini buzgan Amerika dronini urib tushirganidan so‘ng e’lon qilgan. Shu bilan birga, avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington Tehron bilan nizolashmochi emasligini bildirgan.

Shunday bayonotni qarshi tomon ham bildirgan. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy uning mamlakati hech qaysi davlat bilan urishish niyati yo‘qligini aytgan.

Pentagon dron halokatga uchraginini rasman tasdiqlamagan. Biroq, Reuters’ning AQSh Qurolli kuchlaridagi manbasi qayd etishicha, apparat haqiqatan ham urib tushirilgan, ammo Eron havo hududida emas, xalqaro havo hududida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют