» » O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatining birinchi kunida 12 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatining birinchi kunida 12 ta medalni qo‘lga kiritdi


Tailandning Pattayya shahrida bo‘lib o‘tayotgan kurash bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionatining dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasi 12 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

-81 kg, -90 kg, -100 kg va +100 kg vazndagi o‘g‘il bolalar hamda -44 kg, -48 kg, -52 kg, -57 kg vazn toifalaridagi qizlar o‘rtasida bahslar o‘tkazildi. Qit’a birinchiligining ilk kunida O‘zbekiston vakillari 12 ta (6 ta oltin va 6 ta kumush) medalni qo‘l kiritdi. Musobaqaning birinchi kunida o‘zbekistonlik yigitlar barcha vazn toifalaridagi bahslarda yaqqol ustunlik bilan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band etdi. Qizlardan esa Iroda Mamasheva (-57 kg), Zarnigor Rahmiddinova (-52 kg) oltin, Barno Malikova (-44 kg) va  Dillola Dehqonboyeva (-48 kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi.

-81 kg

- 90 kg

-100 kg

+100 kg

-44 kg

-48 kg

-52 kg

-57 kg

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют