» » O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Boku Gran-prisida 8 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Boku Gran-prisida 8 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi


Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan paralimpiya dzyudosi bo‘yicha Gran-pri musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida bahsga kirishgan Feruz Sayidov, -81 kg vazndagi dzyudochi Davurxon Karamatov hamda ayollar o‘rtasida esa +100 kg vazndagi Shirin Sharipova va -63 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nafisa Sheripboyeva oltim medalini qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari o‘zbekistonlik 4 nafar ayol sportchilar Lobar Xurramova (-48 kg), Sevinch Salayeva (-52 kg), Parvina Samandarova (-57 kg) hamda -63 kg vazn toifasidagi Vasila Aliboyeva uchinchi o‘rinni egallab, terma jamoa hisobiga 4 ta bronza medalini taqdim etdi.

Shu tariqa O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarni esa Ozarbayjon (3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza) va Ukraina (1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza) terma jamoalari egalladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini ham taqdim etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют