» » O‘zbekistonda qurol muomalasini tartibga soluvchi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi 

O‘zbekistonda qurol muomalasini tartibga soluvchi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi 


Senatning 20-yalpi majlisida “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Hujjat davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asosda egalik qilayotgan va foydalanayotgan qurol muomalasini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilganligi qayd etildi.

Hujjatda qonuniylik, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda saqlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish ustuvorligi, xalqaro majburiyatlarning vijdonan bajarilishi, axborotning oshkoraligi hamda undan foydalana olish kabi qurol muomalasining asosiy prinsiplari belgilanmoqda.

Qonunda qurol turlari tasniflanmoqda va u fuqaroviy qurol, xizmat quroli hamda jangovar quroldan iborat. Fuqaroviy qurol ov quroli, sport quroli va o‘zini o‘zi himoya qilish quroliga bo‘linadi.

Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulkni himoya qilishga, tabiatni, qimmatbaho va xavfli yuklarni, maxsus xat-xabarlarni muhofaza qilishga doir vazifalarni bajarish chog‘ida yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida foydalanish uchun mo‘ljallangan qurol xizmat quroli jumlasiga kiradi.

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa tuzilmalar tomonidan qo‘llaniladigan, jangovar harakatlarni olib borish hamda xizmat vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan qurol jangovar qurol jumlasiga kiradi.

Shuningdek, Qonunda qurolni va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar ro‘yxati belgilangan.

Maxsus organlar va harbiy tuzilmalar, maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan, qurol ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar, qurolni kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yish bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ana shu ro‘yxatga kiradi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют