» » YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xatini yozdi

YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xatini yozdi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubini yozdi. Xat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.
“Muhtaram Prezident Janoblari!
Siz bilan uchrashuvimiz samarali bo‘lganidan g‘oyat xursandman, menga va hamkasblarimga ko‘rsatilgan samimiy hurmat uchun Sizga va O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekistondan qaytar ekanman, men va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston bilan bankimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi boshlanganini qo‘llab-quvvatlashimizni alohida ta’kidlamoqchiman.Siz YeTTB va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirishga tayyor ekaningizdan minnatdorman. O‘zbekiston hukumatining mamlakat va uning xalqi manfaatlariga xizmat qiladigan, imkoniyatlarni yanada kengaytirish va taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Sizning rahnamoligingizda ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi YeTTBning ko‘plab ustuvor yo‘nalishlari bilan hamohang. Strategiyada demokratik jarayonlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhiti va qonun ustuvorligini takomillashtirish, shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligiga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlamoqchimiz.

Men va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.Ramatov imzolagan Anglashuv memorandumida qisqa muddatga mo‘ljallangan hamkorligimiz aks etgan. Shu davr ichida hukumatingizning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, O‘zbekistonda YeTTBning mamlakatga doir o‘rta muddatli strategiyasini birgalikda ishlab chiqamiz. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik va bank sektorini qo‘llab-quvvatlash, tezkor samaradorlikka erishish uchun investitsiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha investitsion, texnik va maslahatlashuv loyihalarimizni qisqa fursatlarda ishga tushirishni sabrsizlik bilan kutamiz. Shu bilan birga, kommunal xizmatlar, infratuzilma, energetika va boshqa sohalarda uzoq muddat tayyorgarlikni talab etadigan loyihalarni ham ishlab chiqamiz.

Uchrashuvimiz chog‘ida ta’kidlaganimdek, O‘zbekiston Strategiyada qayd etilgan keng ko‘lamli islohotlar dasturini amalga oshirishi jarayonida hamkorligimiz yanada kengayishiga ishonchim komil.

Londonga borganimdan so‘ng Direktorlar kengashiga uchrashuvimiz haqida so‘zlab beraman va yaqin vaqtlarda O‘zbekistonga yana kelish va Siz bilan uchrashishni kutib qolaman.

Samimiyat bilan,

Опубликовано: admin (23-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют