» » “Qishloq qurilish bank” omonatlari nega jozibador?

“Qishloq qurilish bank” omonatlari nega jozibador?


Bu haqda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bank tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarga taklif etilayotgan omonat turlari, shartlari hamda bankning investitsiyaviy faolligini oshirishda jalb etilayotgan omonatlarning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tushuntirish berildi.

Qayd etildiki, aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” o‘zining depozit siyosatida aholining bo‘sh pul mablag‘larini bankdagi omonatlarga jalb qilishda ularning bank omonatlariga joylashtirgan pul mablag‘larining barqaror daromadliligini ta’minlash va bankning manfaatlarini uyg‘unlashtirishga qaratadi.

Buning yorqin misoli sifatida bugungi kunda bank tomonidan yillik 21 foizlik omonatlar aholi uchun taklif etilayotganligi, ayniqsa, onlayn tarzida joylashtirilgan omonat pul mablag‘lariga yillik 22% gacha foiz to‘lovlarining amalga oshirilayotganligini keltirish mumkin.

2019-yilning o‘tgan 5 oyi davomida ATB “Qishloq qurilish bank”da jami omonatchilar soni 98 800 nafardan 104 600 nafarga yetdi, ya’ni shu davrda omonatchilar soni 5800 nafarga o‘sdi.

Omonatlardagi mablag‘lar qoldig‘i 610,1 mlrd. so‘mdan ortdi. Aholining bankdagi omonatlarda qoldig‘i yil boshiga nisbatan 64,7 mlrd. so‘mga yoki 112 foizga ortishiga erishildi.

Joriy yilning iyun-dekabr oylarida omonatlarga qariyb 60,0 mlrd. so‘m mablag‘ jalb qilish orqali yil yakuniga omonatlar qoldig‘ini 680,0 mlrd. so‘mga yetkazib, uning yillik o‘sish darajasini qariyb 125 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Bankning uzoq muddatli (1 yildan ortiq saqlanadigan) omonatlar qoldig‘i 2019 yilning 1 iyun holatida qariyb 293,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, qisqa muddatda, ya’ni 2018 yil boshiga nisbatan 276,0 mlrd. so‘mga ortdi.

Bank tomonidan omonatchilar uchun joriy qilinayotgan qulayliklar va zamonaviy xizmatlar mijozlar sonining muttasil oshib borishida muhim o‘rin tutmoqda.

Jumladan:

- Bank filiallarida muddatli va jamg‘armali omonatga minimal miqdordan yuqori mablag‘ joylashtirgan omonatchiga bank plastik kartalari bepul taqdim qilinmoqda;

- bank omonatchilarining omonatlardagi mablag‘larini ularning shaxsiy mobil aloqa vositasida masofadan boshqarish imkoniyatini beruvchi “Depozit banking” xizmatiga ulanish va foydalanish ham omonatchilarga bepul belgilangan, ushbu masofaviy dastur orqali joylashtirilgan omonatlarga shartnoma summasidan 1 foiz yuqori foiz to‘lov amalga oshirilishi ham yo‘lga qo‘yilgan;

- nisbatan uzoq muddatli omonatlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori foiz to‘lov joriy qilingan;

- aholining omonatlardagi mablag‘larini ishonchli va xavfsiz saqlanishini ta’minlash maqsadida bank tomonidan qo‘shimcha ravishda “Biometrik identifikatsiyalash” tizimi (barmoq izi orqali) joriy qilingan;

- omonatchining pasport muddatining o‘tganligi, omonat muddatining yetib kelganligidan xabar beruvchi “SMS-xabarnoma” tizimi yo‘lga qo‘yilgan;

- ba’zi sharoitlarga ko‘ra muddatidan oldin qaytarib olingan omonatlarga ularning haqiqatda saqlangan muddatlariga muvofiq foiz to‘lovlarini amalga oshirish va boshqa qulayliklar yaratilgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan 26 ta omonat turlariga mablag‘lar jalb etilmoqda. Buning 19 tasi milliy valyutadagi, 7 tasi xorijiy valyutadagi omonat turlaridir.

“Qishloq qurilish bank” — farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun:

Telefonlar: (+99878) 150-72-58, 150-93-39

Veb-sayt::  www.qqb.uz

Telegram:  https://t.me/QQBANK

Facebook:  FB.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют