» » Shavkat Mirziyoyev: G‘alaba bog‘ida xalqimiz qahramonligi va matonati aks etishi kerak

Shavkat Mirziyoyev: G‘alaba bog‘ida xalqimiz qahramonligi va matonati aks etishi kerak


Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Olmazor tumanida bo‘lib, bu yerda barpo etiladigan G‘alaba bog‘i yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga katta hissa qo‘shgan. Shu bois mamlakatda ushbu tarixiy sananing 75 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xususan, poytaxtning Olmazor tumanida G‘alaba bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.

– Bu bog‘ xalqimizning G‘alabaga qo‘shgan hissasini namoyon etishi, ota-bobolarimizning qahramonligini abadiylashtirishi kerak. Bu yerda Ikkinchi jahon urushi muhiti, vatandoshlarimiz qatnashgan janglar haqida ma’lumotlar aks etishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Loyihaga muvofiq, boqqa kirishda ramziy darvoza shaklida G‘alaba arkasi bunyod etiladi. Bog‘da urush davri manzaralari, jumladan, okop va blindajlar, palatkalar, dala oshxonalari va boshqa lavhalar aks etgan kompozitsion majmualar quriladi. O‘sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi ochiq osmon ostidagi muzey vazifasini o‘taydi. Shuningdek, muzey, kutubxona, Wi-Fi zona, amfiteatr va kinoteatr tashkil etiladi.

O‘zbek ayolining matonati timsoli sifatida Zulfiya aya Zokirova, uning urushdan qaytmagan besh farzandi hamda beva qolgan to‘rt kelini xotirasiga bag‘ishlangan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi o‘rnatiladi.

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligiga tarixchilar va jamoatchilik bilan maslahatlashib, G‘alaba bog‘ining konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

– Bog‘ning ma’no-mazmuni, ekspozitsiyasini chuqur o‘ylash kerak. U faqat bayram kunlari emas, yil davomida ishlaydigan bo‘lsin. Bu yerga kelgan yoshlar o‘ziga bilim, ruh olsin, g‘urur-iftixor tuysin, bugungi tinchlikning qadriga yetib, vatanparvar bo‘lib ulg‘aysin, – dedi Prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют