» » 75 minglik stadioni bor “Bavariya”ning “Real”ga qarshi o‘yiniga hozirdanoq 200 ming kishi chipta so‘radi

75 minglik stadioni bor “Bavariya”ning “Real”ga qarshi o‘yiniga hozirdanoq 200 ming kishi chipta so‘radi


Shu yilning 12-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Bavariya” — “Real Madrid” uchrashuviga tashrif buyurish istagida 200 ming ishqiboz hozirdanoq chipta talabida murojaat qildi. Bu haqda “Sports.ru” Myunxen klubidagi manbaga asoslanib xabar bergan.

Chempionlar ligasining 1/4 final uchrashuvi “Bavariya”ning uy stadioni bo‘lgan “Alliants Arena”da o‘tadi. Bu stadion o‘z bag‘riga 75 ming ishqibozni sig‘dira oladi. Shuning 2.152 tasi biznes o‘rindiqlar bo‘lsa, 1.374 tasi VIP sektorlar uchun ajratilgan, yana 227 ta joy nogiron kishilar uchun xizmat qiladi.

“Bavariya” mehmon “Real Madrid” uchun 2.800 ta chipta ajratib qo‘ygan. Qolgan chiptalarni esa 35 yevrodan 180 yevrogacha pullaydi. Kelib tushayotgan murojaatlarning katta qismini bir emas, ikki kishilik chiptalarga bo‘lgan ehtiyojlar qamrab olgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq “Real”ning yozda “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Xalqaro kubogidagi o‘yini uchun chiqarilgan 60 ming chipta 20 daqiqa ichida sotib bo‘lingandi. Ispaniyadan tashqarida o‘tadigan “El-Klasiko”ga Mayami shahri mezbonlik qiladi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют