» » Uzbekistan Airways rossiyalik turistlarni Gruziyaga olib boradi

Uzbekistan Airways rossiyalik turistlarni Gruziyaga olib boradi


Uzbekistan Airways rossiyalik sayyohlarni Gruziyaga olib borish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik.

“Uzbekistan Airways 16-iyuldan boshlab Toshkent–Tbilisi yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu parvozlar tranzit yo‘lovchilar, xususan rossiyalik turistlar ilinjida ochilmoqda”, — deyilgan xabarda.

Parvozlar haftasiga ikki marotaba A320 samolyotlarida amalga oshiriladi – seshanba va juma kunlari. Shuningdek, aviakompaniya Gruziya shaharlari orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter parvozlarni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Uzbekistan Airways vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu parvozlar Uzoq Sharq va Sibir o‘lkasidan Gruziyaga kelayotgan sayyohlar uchun qulay bo‘lishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekistonda ham Gruziyaga safar qilishni istayotganlar soni ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Gruziyada bo‘lib o‘tgan Rossiyaga qarshi mitinglardan so‘ng Vladimir Putin ushbu mamlakatga turistlar yuborishni va parvozlar amalga oshirishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. Iqtisodchilar ushbu vaziyat turizmga ixtisoslashgan Gruziya iqtisodiga katta zarar yetkazishi mumkin demoqda, chunki Gruziyada har beshinchi sayyoh – rossiyalik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют