WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » AQSh C-400 kompleksi bo‘yicha Turkiyaga ultimatum qo‘ydi
AQSh C-400 kompleksi bo‘yicha Turkiyaga ultimatum qo‘ydi
Pentagon vakili Jonatan Xoffman agarda Turkiya Rossiyaning C-400 komplekslarini sotib oladigan bo‘lsa, F-35 qiruvchi samolyotlarisiz qolishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning C-400 komplekslarini xarid qilishi F-35 dasturiga muvofiq emas.
Shuningdek, Xoffmanning qo‘shimcha qilishicha, Pentagon rahbari Mark Esper bu haqda Turkiya tomonini ogohlantirgan.
Iyun oyining o‘rtalarida AQSh Harbiy havo kuchlari 26 nafar turkiyalik harbiy xizmatchini F-35 qiruvchi samolyoti bilan ishlash dasturidan chetlatgan edi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?