» » PSJ Mbappening narxini ma’lum qildi

PSJ Mbappening narxini ma’lum qildi


PSJ hujumchi Kilian Mbappeni sotib yuborishi mumkin.

AS’ning xabar berishicha, agarda 20 yoshli futbolchi uchun 230—250 million yevrolik taklif tushadigan bo‘lsa, Fransiya klubi muzokaralarni boshlab yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Mbappeni 2017-yilda “Monako”dan sotib olish sharti bilan ijaraga olgandi. Parijliklar futbolchi uchun bonuslardan tashqari 145 million yevro to‘lagan.

Avvalroq jahon chempioniga “Real” da’vogarlik qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2018/19-yilgi mavsum Fransiya chempionatida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi hamda 11 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют