» » Jizzaxda attraksion qulashi oqibatida 20 yoshli qiz halok bo‘ldi

Jizzaxda attraksion qulashi oqibatida 20 yoshli qiz halok bo‘ldi


Avvalroq Jizzaxdagi istirohat bog‘laridan birida odamlar o‘tirgan attraksion qoq o‘rtasidan ikkiga bo‘linib ketgani xabar berilgan edi.

“Kun.uz” Jizzax viloyati IIB Axborot multimedia guruhiga tayanib ma’lum qilishicha, 28-iyun kuni soat 12:05 da Jizzax shahri, Navro‘z mahallasi hududidagi “Istiqlol” bolalar bog‘ida “Uchar likopcha” attraksioni tutqichi sinib, yerga qulagan. Baxtsiz hodisa oqibatida bir qiz fojiaviy tarzda hayotdan ko‘z yumgan.

1999-yilda tug‘ilgan M.H. Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, “So‘loqli” mahallasida yashagan.

M.H.ning o‘limiga esa yerga yiqilish ortidan olingan tan jarohati sabab bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, attraksionga turli yoshda bo‘lgan 8 kishi chiqqan. Og‘ir ahvoldagi qizni tez tibbiy yordam mashinasini kutmasdan kasalxonaga olib ketishgan. Afsuski, qiz kasalxonga yetmay yo‘lda jon bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 22:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют