» » Buxoroga ziyoratga kelib, hovuzga cho‘kkan bolani milliy gvardiyachi qutqarib qoldi (video)

Buxoroga ziyoratga kelib, hovuzga cho‘kkan bolani milliy gvardiyachi qutqarib qoldi (video)


“Bahouddin Naqshband” majmuasiga ziyoratga kelib, ota-onasi qarovisiz qolib, “Bibi Orifa” masjidi hovlisidagi hovuzga tushib ketgan andijonlik 8 yashar bola hayoti qutqarib qolindi. Bu haqda Milliy Gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Farrux Qilichev ma’lum qildi.

Kogon tumanidagi “Bahouddin Naqshband” majmuasiga ziyoratga Andijondan kelgan mehmonlar 2011-yilda tug‘ilgan farzandini bir zum ko‘zdan yo‘qotishgan. Ota-onasi qarovisiz qolgan bola “Bibi Orifa” masjidi hovlisida joylashgan hovuz bo‘yiga kelgan va oyog‘i sirpanib ketishi oqibatida hovuz ichki qismiga tushib ketgan.

Bola kutilmagan tasodifdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan va cho‘ka boshlagan. Ziyoratgoh doimiy ravishda Milliy Gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan qo‘riqlanib kelingani bois, 5-Alohida otryadi shaxsiy tarkibi 1-guruh safdor xodimi Dadaxon Xo‘jayev tomonidan bola o‘z vaqtida qutqarib qolingan.

Bola ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют