» » Shavkat Mirziyoyev “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi


Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlar jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.

Qonun bilan hukumat huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Shaxsga doir ma’lumotlar davlat boshqaruvi organlariga bepul beriladi.

Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Davlat shaxsga doir ma’lumotlar himoya qilinishini kafolatlaydi.

Jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют