» » “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi 

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi 


Senatning 20-yalpi majlisida “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish dolzarb masaladir va bu nafaqat internet texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi va umuman globallashuv, balki fuqarolarning shaxsiy hayotga doir huquqini himoya qilish zarurati bilan bog‘liq.

Qonun shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish chog‘ida qo‘llaniladigan vositalaridan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan qat’i nazar, yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi, shaxsga doir ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi, subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi, shaxs, jamiyat hamda davlatning xavfsizligi asosiy prinsiplar sifatida mustahkamlangan.

Bundan tashqari, Qonunda davlat organlarining bu sohadagi vakolatlari belgilanmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasi davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi, davlat dasturlarini tasdiqlaydi, Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish va davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi, tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilayotganda ushbu ma’lumotlarning himoya qilinganlik darajasini, ular himoyasini ta’minlaydigan talablarni, biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlardan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablarni belgilaydi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning hamda mulkdorning va operatorning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini ta’minlovchi tarkibiy bo‘linmasi yoki vakolatli vakili faoliyatini tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlaydi, Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritadi, shaxsga doir ma’lumotlar bazasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi, davlat nazoratini amalga oshiradi, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi, shaxsga doir ma’lumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilaydi, ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlarning hajmi va mazmunini, faoliyat turini, shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlarning haqiqiyligini tahlil qiladi, qonun hujjatlarining buzilishlarini bartaraf qilish haqida ko‘rsatmalar kiritadi.

Shu bilan birga, Qonunda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmlari mustahkamlanmoqda, u shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va texnik choralar ko‘rishni nazarda tutadi. Bu subyektning o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini, shaxsga doir ma’lumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini, shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini ta’minlaydi.

Shuningdek, Qonunda bunday ma’lumotlarning maxfiyligi, ularning hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalariga kiritish uchun subyektning yozma roziligini olish, shuningdek subyektning shaxsga doir ma’lumotlarini hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalardan uning murojaatiga ko‘ra chiqarib tashlash ta’minlanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют