» » Samarqandda Lacetti Nexia bilan to‘qnashib, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi

Samarqandda Lacetti Nexia bilan to‘qnashib, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Registon ko‘chasida Lacetti va Nexia rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar tarqalgandi.

Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati ushbu hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan Lacetti Samarqand tumani, Chumchuqli qishlog‘ida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Nexia avtomashinasiga urilgan. Shuningdek, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni ham urib yuborgan.

Ushbu yo‘l transport hodisasi natijasida Nexia ichidagi yo‘lovchi va piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaro jiddiy tan jarohati olgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand bo‘limida hodisadan jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ayni paytda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют