» » Qoraqalpog‘iston g‘allakorlari davlatga g‘alla topshirish rejasini bajardi

Qoraqalpog‘iston g‘allakorlari davlatga g‘alla topshirish rejasini bajardi


Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2019-yil hosili uchun o‘tgan yili 53 ming gektar maydonga g‘alla ekilib, shundan 2 ming 729 fermer xo‘jaligi tomonidan davlatga 102 ming 110 tonna don topshirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomasi tuzildi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-maydagi “2019-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida nest-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bayonnomasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida o‘rim ishlarida 190 ta yuqori unumdor kombayn biriktirilib, har biri otryad uslubida ish olib borildi. Shuning natijasida bugungi kunga 49 ming gektar maydondagi g‘alla o‘rib olindi. Hosildorlik gektariga 54-55 sentnerdan to‘g‘ri keldi. Shundan davlatga 105 ming tonna don topshirilib, reja 103 foizga bajarildi.

Bugungi kungacha Beruniy, Amudaryo, To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Taxiatosh, Xo‘jayli va Nukus tumanlari davlatga g‘alla topshirish rejalarini bajarib, yuqori ko‘rsatkichga erishdi.

Amudaryo tumanidagi “Xilola Radjapova”, Ellikqal’a tumanidagi “Burgutqal’a saodati”, To‘rtko‘l tumanidagi “Obod To‘rtko‘l”, Beruniy tumanidagi “O‘razboyev Mansur”, Taxiatosh tumanidagi “Tureyev Sultamuratbiy”, Nukus tumanidagi “Iqlas O‘rinboy” fermer xo‘jaliklari hosildorlikni 70-80 sentnerga yetkazdi.

Ayni paytda g‘alla dalalarida o‘rim ishlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 05:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют