» » Samarqand xavf ostidagi jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilmaydigan bo‘ldi

Samarqand xavf ostidagi jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilmaydigan bo‘ldi


YuNESKO Samarqandni xavf ostidagi jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Bokuda bo‘lib o‘tayotgan Jahon madaniy merosi qo‘mitasining 43-sessiyasida ishtirok etayotgan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Aziz Abduhakimovga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekistonning Buxoro va Samarqand shaharlari bo‘yicha hisoboti ko‘rib chiqilgan.

Mazkur hujjatlar asosida qabul qilingan qarorlarda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan jahon madaniy merosi obyektlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, jumladan, hukumat tarixiy shaharlarda qurilish ishlari olib borishga moratoriy joriy etgani ma’qullangan.

Sessiya yakunlari bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiyada Samarqand xavf ostidagi jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi bo‘yicha bandlar mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shahrisabz tarixiy markazi ushbu ro‘yxatda qoldirilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют