» » Abdulaziz Aqqulov: MDH Turizm kengashi yig‘ilishi amaliy natijalarga boy bo‘ladi

Abdulaziz Aqqulov: MDH Turizm kengashi yig‘ilishi amaliy natijalarga boy bo‘ladi


9-10-iyul kunlari Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Turizm kengashining yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

5-iyul kuni Toshkentdagi “Poytaxt” xalqaro biznes markazida ushbu tadbir hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tayotgan MDH mamlakatlari I turistik yarmarkasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz  Aqqulov, Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi boshlig‘i Nodira Berdimuratova hamda uning o‘rinbosari Feruz Dodiyev, Ilmiy tadqiqotlar va ta’lim muassasalari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Anvar Allabergenovlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida soha vakillari Samarqandda o‘tadigan MDH Turizm kengashi yig‘ilishi va Birinchi turistik yarmarkasiga doir ma’lumotlar bilan bo‘lishdi, shundan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga berdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulovning so‘zlariga ko‘ra ikki kunlik tadbir amaliy natijalarga boy bo‘ladi. Tadbir doirasida shuningdek “MDH davlatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar ham o‘tkazilib, unda ilmiy doira vakillari ishtirok etadi hamda turizmdagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi va soha rivoji yo‘lidagi muammolar o‘rganilib, ularga yechimlar izlanadi.

“Ushbu seminar doirasida, shuningdek, ‘Ipak yo‘li’ xalqaro turizm universiteti bilan hamkor oliy ta’lim muassasalari tegishli taqdimotlari bilan qatnashishlari kutilmoqda”, - deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b.Abdulaziz Aqqulov.

MDH mamlakatlari turistik jozibadorligini oshirish va soha vakillarining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2018-yilning 10-11-avgustida Dushanbe (Tojikiston) shahrida bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari Turizm kengashi yig‘ilishi doirasida navbatdagi tadbirni Samarqand shahrida o‘tkazish taklif qilingan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi hamda Vazirlar Mahkamasining MDH mamlakatlari Turizm kengashi yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazishga doir topshirig‘iga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan MDH mamlakatlari Birinchi turizm yarmarkasini o‘tkazish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, mazkur yarmarkaning MDH mamlakatlari Turizm kengashi tadbiri doirasida tashkil etilishiga kelishildi. Mazkur format MDHga a’zo mamlakatlarning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish, Hamdo‘stlikdagi turizm sektoring muhim trendlari va yangiliklarini almashish, turizm tashkilotlari va biznes vakillari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Tadbirning asosiy maqsadi MDH mamlakatlari o‘rtasida qo‘shma turizm loyihalarni sonini orttirish, “hamkorlik va ahil qo‘shnichilik” ruhini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. MDH Turizm kengashi yig‘ilishi va I turistik yarmarkasi tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, MDH Ijro qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют