» » Saidakbarxon Akbarov birinchi Markaziy Osiyo yoshlar turistik forumini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi

Saidakbarxon Akbarov birinchi Markaziy Osiyo yoshlar turistik forumini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi


13-sentabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Saidakbarxon Akbarov so‘zga chiqdi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

U ishtirokchilarga “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti haqida gapirib berib, u yerda oktabrdayoq Turizm menejmenti, Turizm xizmatlari va Servisni tashkil qilish kabi uchta fakultetning 129 nafar talabalari ta’lim olishni boshlashini aytdi.

Saidakbarxon Akbarov birinchi Markaziy Osiyo yoshlar turistik forumini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, forum o‘zaro aloqalar, ichki ommalashuvning mustahkamlanishiga imkoniyat yaratadi, pirovardida tajriba almashish mexanizmiga aylanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют