» » Qozog‘istonlik siyosatchi Shavkat Mirziyoyevning tashrifi haqida: qadimiy turk dunyosi birlashishi kerak

Qozog‘istonlik siyosatchi Shavkat Mirziyoyevning tashrifi haqida: qadimiy turk dunyosi birlashishi kerak


Qozog‘istonlik taniqli siyosatchi Yerlan Sairov O‘zbekiston Prezidendi Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga tashrifi yakunlarini izohladi, deb yozadi “Kazinform”.

“Menimcha, endi bizning O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarimiz yanada jadallik bilan rivojlanadi. Ustiga-ustak, so‘nggi xabarlarga ko‘ra, jami bir milliard dollarlik 50 ga yaqin shartnomalar imzolangan. Qozog‘istonning o‘zi ham rivojlanishi uchun unga sparring-sherik kerak. Hozir chegara ochilmoqda, yo‘lovchilar oqimi ko‘paymoqda. Ko‘plab odamlar O‘zbekistonga bora boshladi. Ya’ni bular madaniy, ma’naviy aloqalar borligini ko‘rsatadi”, — dedi Sairov.

Siyosatchi ta’kidlashicha, hozir O‘zbekistonda xususiylashtirish olib borilsa, qozog‘istonlik tadbirkorlar unda muvaffaqiyat bilan qatnasha oladi, chunki Qozog‘iston biznesi yetarlicha darajada kuchli.

Yerlan Saidov, shuningdek, bugungi kunda axborot kun tartibi ham o‘zgarayotganiga e’tibor qaratdi, qozog‘istonliklar O‘zbekistonga faol ravishda tashrif buyura boshladi. Qozog‘iston ham O‘zbekiston tomoni uchun katta potensial imkoniyatlarni taqdim etmoqda.

Siyosatchi qadimiy turk dunyosi birlashishi hamda diniy ekstremizm va terrorizmning tarqalishi bilan bog‘liq tashqi xavflarga qarshi birgalikda kurashishi kerakligini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют