» » Toshkentdagi “Shabboda” kafesida chiqqan yong‘inda 4 kishini qutqarib qolgan Milliy gvardiya xodimlari taqdirlandi

Toshkentdagi “Shabboda” kafesida chiqqan yong‘inda 4 kishini qutqarib qolgan Milliy gvardiya xodimlari taqdirlandi


Milliy gvardiya o‘z xodimlari orasidagi hafta qahramonlarini e’lon qildi.

“Xizmat burchini bajarish vaqtida fidoyilik ko‘rsatgan, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdek mas’uliyatli vazifalarni vijdonan bajargan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi Xo‘jayev Dadaxon Ilhomovich, Harbiy-texnik instituti kursantlari Hasanov Javohir Baxtiyor o‘g‘li va Elmurodov Suxrobjon Quvondiqovichlar haftamiz qahramonlaridir”, — deyiladi xabarda.

D.I.Xo‘jayev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Bibi Orifa” masjidi hovlisida joylashgan hovuzga oyog‘i sirpanib tushib ketib cho‘kayotgan bolani qutqarib qolgan.

J.B.Hasanov va S.Q.Elmurodov o‘z xizmat vaqtida Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida joylashgan “Shabboda” kafesida kelib chiqqan yong‘in oqibatida olov ichida qolib ketib, hushini yo‘qotgan homilador ayol va 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qolgan.

Xizmatdoshlariga namuna ko‘rsatgan qahramonlar Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют