» » Buxoroda hovuzga tushib ketgan bolani qutqargan milliy gvardiyachi taqdirlandi

Buxoroda hovuzga tushib ketgan bolani qutqargan milliy gvardiyachi taqdirlandi


Buxoroda hovuzga tushib ketgan bolani qutqargan Milliy gvardiya xodimi taqdirlandi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.

“Bahouddin Naqshband” majmuasiga ziyoratga kelib, ota-onasi qarovisiz qolgan andijonlik 8 yashar bola “Bibi Orifa” masjidi hovlisidagi hovuzga tushib ketgan edi. Bola cho‘kishiga oz qolganda shu hududda xizmat vazifasini amalga oshirayotgan Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi Dadaxon Xo‘jayev uni qutqarib qolgan.

Shu voqea sabab o‘zbekistonliklar Milliy gvardiya va uning Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi nomiga tashakkurnomalar yozib qoldirmoqda.

Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ashurov ham Milliy gvardiyaning viloyat Qo‘riqlash boshqarmasida bo‘lib, 4-sektor hududida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxush holatning oldini olishda jonbozlik ko‘rsatgan xodim D.Xo‘jayev va uning ota-onasiga minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuvda Dadaxon Xo‘jayevga viloyat davlat soliq boshqarmasining esdalik sovg‘asi taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют