» » Fotogalereya: Toshkentda o‘zbek sporti tarixidagi ilk triatlon musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Fotogalereya: Toshkentda o‘zbek sporti tarixidagi ilk triatlon musobaqasi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston triatlon federatsiyasi ko‘magida Toshkentdagi BeFit Fitness va Wellness sport majmuasida havaskorlar o‘rtasida triatlon bo‘yicha o‘zbek sporti tarixidagi ilk musobaqa 7-iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Befit Indoor Triathlon musobaqasi O‘zbekistonda triatlonni ommalashtirish va yanada rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, musobaqada eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan kuchli ishtirokchilarni aniqlash, shuningdek, sport bayrami muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.

Indoor-triatlon klassik triatlondan farqli bo‘lib, unda barcha bosqichlar yopiq joyda bo‘lib o‘tadi: suzish bosqichi – hovuzda, velopoyga – velosiped mashq uskunasida, yugurish esa – yugurish yo‘lakchasida. Mazkur musobaqada bosqichlar o‘tish uchun ma’lum vaqt ajratildi: 10 daqiqa suzish, 30 daqiqa velosiped, 20 daqiqa yugurish va 5 daqiqa – tranzit zonalarni o‘tish uchun. Ushbu formatda erkaklar va ayollar o‘rtasida g‘oliblar uch bosqichdagi masofalar yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi.

Bellashuvda 30 nafar havaskor triatlet ishtirok etdi. Ahamiyatli jihati, ular orasida taniqli mahalliy va xalqaro kompaniyalarning top-menejerlari ham bor. Shuningdek, musobaqa doirasida triatlon bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari tomonidan master-klass namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida Semen Shadrin 24.420, ayollar o‘rtasida esa Anna Romanika 20.77 vaqt natijasini ko‘rsatgan holda g‘oliblikka erishdi.

Mehmonlar va tomoshabinlar uchun bayram va sport dasturi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, ular maxsus sport uskunalari yordamida o‘zlarini triatlonda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Bolalar uchun interfaol sport o‘yinlari ushbu triatlon bayramining eng yorqin jihatlaridan biriga aylandi. Bundan tashqari, tadbir Toshkentdagi 3 ta katta istirohat bog‘lari hududida jonli efirga uzatildi:

Triatlon federatsiyasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 14-iyul kuni O‘zbekistondan 20 nafardan ortiq havaskor sportchi Ironman 70.3 Nur-Sulton (Qozog‘iston) musobaqasida ishtirok etadi. U yerda Half Ironman masofasi bosib o‘tiladi: 1,9 km suzish, 90 km velosiped poygasi va 21 km yugurish.

Triatlon – bugungi kunda eng jadal rivojlanayotgan ommaviy sport turlaridan biri. Butun dunyo bo‘ylab triatlon bilan shug‘ullanuvchi odamlar soni ko‘payib bormoqda. Uchta alohida davriy sport turini birlashtirgan holda, triatlon harakat, chidamlilik va jasorat kabi xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi.

Havaskor va professionallar bu sport nafaqat jismoniy sog‘liqqa, balki fikrlash tarzini ham o‘zgartiradi – bu odamni yanada ishonchli, maqsadli va stressga chidamli qiladi deya ta’kidlaydilar. U qo‘lga kiritilgan narsalar bilan to‘xtab qolmaslikka, yangi maqsadlarni belgilashga – doimo o‘z ustida ishlash va rivojlanishga o‘rgatadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют