» » Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga rais bo‘ldi

Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga rais bo‘ldi


Bugun, 7-mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston triatlon federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilib, unda federatsiya raisligiga Otabek Umarov saylandi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, tadbirda dastlab O‘zbekiston triatlon federatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” amaliy sport turlari markazi direktori Shavkat Ismatullayev hisobot bergan.

So‘ng kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federatsiya raisi va unga birinchi o‘rinbosar saylash jarayoniga o‘tilgan. O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimga Otabek Umarov nomzodi ilgari surilgan va konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashi natijasida u O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimiga saylangan.

Umarovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga sobiq sportchi, triatlon bo‘yicha ko‘plab xalqaro musobaqalar ishtirokchisi, hozirda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan Farruh Nosirov nomzodi ilgari surilgan. Konferensiya ishtirokchilari uni ham bir ovozdan qo‘llab quvvatlashi natijasida Nosirov Otabek Umarovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylangan.

Ma’lumot uchun, Otabek Umarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют