» » Ekologiya qo‘mitasi Sudochye ko‘lida sodir bo‘lgan yong‘in borasida tushuntirish berdi

Ekologiya qo‘mitasi Sudochye ko‘lida sodir bo‘lgan yong‘in borasida tushuntirish berdi


Bugun, 8-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Daraxtlarni noqonuniy kesishning oldini olish va tabiatni muhofaza qilish muammolari” mavzusida brifing va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda poytaxt va viloyat hududlari yashil maydonlarining yangilanish jarayoni ketayotgani, daraxtlarni noqonuniy kesish hali ham kuzatilayotgani va bugun bu borada nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Shahar hududida daraxtlarni atmosferaning ifloslanish darajasiga qarab ekish ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak ekani qayd etildi. Masalan, yo‘lovchi yo‘laklari bo‘ylab “tirik devor” hosil qiladigan butalar o‘stirish natijasida transport shovqini, changning oldini olish mumkinligi aytildi.

OAV vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Muynoq tumanining Sudoche ko‘li hududidagi qurigan qamishzorlarda yong‘in kelib chiqishi oqibatida qancha maydon yonganini so‘radi.

“Sudoche ko‘lining umumiy hajmi 50 ming gektarni tashkil etadi. Yong‘in natijasida shu hududdagi jami 278 gektar qamishzor yongan”, — dedi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspeksiya boshlig‘i O‘lmas Sobirov.

Bu holatni o‘sha yerda bo‘lib turgan sayyoh xabar qilgani tasdiqlandi. Qo‘mita vakili yong‘in sabablari haqidagi savolga javob berdi.

“Olovning kelib chiqishi va maydonga yoyilishi haqida aniq xulosalar bor. Yong‘in chaqmoqdan chiqqan, boshqa fakt yo‘q. Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, ko‘l ichida juda katta radiusga ega qamishzor yonyapti, qanday omil sababli olov chiqishi mumkin? U yoqqa oyoq qo‘yolmaysiz, qayiq bilan borolmaysiz. Qamishzorga faqat vertolyot qo‘nishi mumkin. Birov chetdan turib, kamondan olovli o‘q otmagandir?! Xullas, sabab — chaqmoq. Qamish uchidagi momiq po‘panaklar juda tez yonadi, bilasizlar, uchqun chiqqandan so‘ng shamol ta’sirida olov birdaniga yoyilib ketgan”, — deya aniqlik kiritgan O‘lmas Sobirov.

Mavzuga doir: Mo‘ynoqdagi Sudoche ko‘lida sodir bo‘lgan yong‘in sabablari ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют