» » Fotoreportaj: Internetda shov-shuv bo‘lgan Dehqonoboddagi jin ko‘priklar

Fotoreportaj: Internetda shov-shuv bo‘lgan Dehqonoboddagi jin ko‘priklar


“Daryo” internet nashrida joriy yilning fevral oyida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi jin ko‘prik xususida so‘z yuritilgandi. Maqolada tumanning Choshtepa qishlog‘idagi 2 ta jinko‘prik tilga olinadi. “Daryo” muxbiri yana bir bor Dehqonobodda bo‘lib, o‘zgarishlar xususida ma’lumot oldi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, tumanda 27 ta ta’mirga muhtoj ko‘prik bo‘lib, ayni kunga qadar 14 ta ko‘prik ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan. 13-ko‘prik aholiga topshirilgani xususida ham xabar bergandik.

“Daryo”da chop etilgan dastlabki maqolada Choshtepa qishlog‘idagi 2005-yil qurilgan 170 metrli va 1989-yil qurilgan 110 metrli ko‘priklar xususida so‘z borgandi. Qishloq aholisining ma’lumot berishicha, Obiravon QFYga qarashli “Choshtepa”, “Qo‘chqorbuloq” va “Avlod” qishloqlarida yana shunday 4 ta ko‘prik mavjud bo‘lib, hududda jami 7 ta jinko‘prik mavjud.

“Choshtepa” qishlog‘iga kirishdagi dastlabki jinko‘prik 170 metr bo‘lib, 2005-yil qurilgan.

Ikkinchi ko‘prik esa hududdagi 63-maktabga eltuvchi ko‘prik bo‘lib, 1989-yil qurilgan. Mahalliy aholi vakillari so‘ziga ko‘ra, jin ko‘priklarning eng “keksa”si shu.

Tuman hokimi Zoir Aliqulovning ma’lum qilishicha, mazkur 170 va 110 metrli ko‘priklar uchun jami 32 million mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qurilish materiallari xarid qilingan. Yaqin kunlarda aholi kuchi bilan ta’mirlash ishlari boshlanadi.

— Maqolada tilga olingan har ikkala ko‘prik uchun tuman hokimi tashabbusi bilan mahalliy budjetdan 32 million so‘m ajratilib, ta’mirlash ishlari uchun qurilish anjomlari xarid qilindi, — deydi Choshtepa MFY raisi Sherzod Bolliyev. – Nasib etsa yaqin kunlarda ko‘prikni ta’mirlash ishlarini boshlaymiz.

MFY raisining aytishicha, ta’mirlash ishlari aholi kuchi bilan amalga oshiriladi.

Uchinchi jin ko‘prik “Avlod” qishlog‘idagi jin ko‘prik bo‘lib, mahalliy aholi so‘ziga ko‘ra 1990-yillarda qurilgan. Uzunligi 30 metr.

Uchinchi jin ko‘prik yaqinida yana bir kichik ko‘prik joylashgan bo‘lib, undan hatto mashinalar ham o‘tadi.

To‘rtinchi ko‘prik ham “Avlod” qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, 1990-yillarda Rustam Halilov tashabbusi bilan qurilgan bo‘lib, uzunligi 100 metrni tashkil etadi.

Ayni kunda mazkur ko‘prikni ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, yarmi aholi tomonidan ta’mirlangan. Mahalliy budjetdan yana 5 million so‘m ajratilib, ta’mirlash ishlari yakuniga yetkaziladi.

Mamayusuf Qurbonov tashabbusi bilan qurilgan 5-ko‘prikning uzunligi 65 metr bo‘lib, 2018-yil G‘anisher Umrzoqov tomonidan 15 million so‘m mablag‘ evaziga qayta ta’mirlanib foydalanishga topshirilgan.

Mahalliy aholi vakillarining so‘ziga ko‘ra, “Qo‘chqorbuloq” qishlog‘idagi 6- va 7-ko‘priklar, ushbu qishloq farzandi O‘ral Hamrayev tashabbusi bilan qurilgan bo‘lib, har ikkisining uzunligi ham 100 metrni tashkil etadi.

Ma’lumot berishlaricha, bundan 20 yil oldin qishloqda Eshnazar Soatov tomonidan trubali ko‘prik ham qurilgan bo‘lib, bugungi kungacha yetib kelmagan. Buzilib ketgan.

O‘sha kungi safarimiz chog‘ida “Choshtepa” qishlog‘idagi o‘zgarishlarga ham guvoh bo‘ldik. Ma’lum bo‘lishicha, 22 yil davomida “Choshtepa”, “Avlod”, “Qo‘chqorbuloq” kabi qishloq aholisiga bozor vazifasini o‘tab kelgan, ta’bir joiz bo‘lsa o‘rta asrlar muhitini eslatuvchi qarovsiz bozor, tadbirkor Bekzod Berdiyevning tashabbusi bilan boshqa hududga ko‘chirilib, 400 million mablag‘ evaziga qayta ta’mirlanmoqda.

Ta’mirlash ishlari deyarli yakuniga yetgan. Ma’lum qilinishicha, hududda har dushanba kuni bo‘ladigan bozor oziq-ovqat bozori bo‘lib, undan narida mol bozori ham ish boshlagan.

Shuningdek, bahor oylaridagi sellar yo‘lni yuvib ketmasligi uchun qishloqda selto‘siq ham qurilib, yo‘llar ta’mirlanmoqda. Aniqlanishicha, ushbu ishlar uchun 540 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Qolaversa, “Choshtepa” va “Avlod” qishloqlari o‘rtasidagi katta ko‘prik ham 460 million mablag‘ evaziga zamonaviy ko‘rinish kasb etmoqda.

Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, Dehqonobodda qariyb 27 yil davomida nochor va yordamga muhtoj bo‘lib kelgan 27 ta ko‘prikning 14 tasi so‘nggi bir yilda ta’mirlanib foydalanishga topshirildi. Kuzatuvlarimizga ko‘ra, yana 3 ta jin ko‘prik va 1 ta katta ko‘prikka mablag‘ ajratilib, (quvonarlisi 2 ta jinko‘prik “Daryo” tanqididan so‘ng) ta’mirlash ishlari boshlanish arafasida. Demakki, hisob bo‘yicha 18 ko‘prik degani bu. Izlagan imkon topar deganlaridek, Dehqonobod tuman hokimligi ham qariyb 27 yil davomida ta’mirlanmay kelayotgan 27 ta ko‘prikning 18 tasini ta’mirlashga ulgurmoqda. Tuman hokimligining bu kabi sa’y-harakati tahsinga loyiq, albatta.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2019, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют