» » Toshkent yer usti metrosi uchun Rossiyadan keltiriladigan yangi poyezdlar haqida batafsil ma’lumot berildi

Toshkent yer usti metrosi uchun Rossiyadan keltiriladigan yangi poyezdlar haqida batafsil ma’lumot berildi


Toshkent metropoliteni Rossiyadan keltiriladigan, vagonlari orasi ochiq bo‘lgan yangi poyezdlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shu yilning aprel oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Rossiyaning “Metrovagonmash” AJ o‘rtasida Toshkent shahridagi yer usti metropoliteni uchun harakatlanuvchi har biri 4 vagondan iborat 5 ta metro poyezdini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

Ayni paytda “Metrovagonmash” AJda mazkur beshta poyezddan dastlabki uchtasini tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, kuzov ishlari tugallangan, tortuvchi elektr uskunalari, pnevmatik uskunalari, videokuzatuv tizimini butlovchi qismlar bilan ta’minlash ishlari bajarilmoqda. Zamonaviy vagonlarni yetkazib berish yaqin kelajakda amalga oshiriladi.

Poytaxt yer usti metropoliteni uchun vagonlar zavoddan o‘zgacha usulda bo‘yalgan holda chiqarilmoqda. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangga bo‘yalgan. Butun harakat tarkibi bo‘ylab gorizontal ravishda O‘zbekiston milliy bayrog‘inining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan. Har bir harakat tarkibining boshida – oq va oxirida qizil tusli yoritish chiroqlari bor. Poyezdning tom qismi havorang tusda, old qismi esa qora rangda bo‘yalgan. Shuningdek old qismida yo‘nalishni ko‘rsatuvchi elektron satri joylashgan bo‘lib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ramzi aks etgan.

81-765/766/767 seriyadagi metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qo‘llanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi. Yangi vagonlarning yana bir qator texnik imkoniyatlari va afzalliklariga quyidagilar kiradi:

– Vagonlar orasidagi germetik “garmoshka” ko‘rinishidagi o‘tish joylari yo‘lovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha o‘tish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sig‘imini oshiradi;

– Yo‘lovchilar saloni har bir tomonda to‘rttadan bo‘lgan avtomatik va ikki qavatli eshiklar o‘rnatilgan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgani yo‘lovchilarni tasodifan qisilib qolishi oldi olingan;

– Salondagi haroratni o‘rnatilgan konditsioner, isitish va shamollatish tizimi ta’minlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qo‘llanilgan;

– Har bir vagon telekanallar translyatsiyasi imkoni bilan birga yo‘lovchilarga zamonaviy ma’lumot uzatish tizimi bilan ta’minlangan;

– Sostav vagonlari videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar mavjud, yong‘inni avtomatik payqash va o‘chirish tizimi ham mavjud;

– Mashinist kabinasida yo‘llar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.

Yangi vagonlarini sotib olish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish manbalari:

- 10 yil muddatga berilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan 22,14 mln. Yevro miqdoridagi “Rivojlanish va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” Davlat Korporatsiyasining (Rossiya Federatsiyasi) krediti;

- O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 10 yil muddatga berilgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan 5,535 mln. Yevro miqdoridagi kredit;

- O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan 0,11 mln. Yevro ekvivalentida ajratilgan mablag‘ loyihaga import qilinadigan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi xarajatlarini qoplash uchun.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2019, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют