» » Toshkent metropoliteniga Rossiyadan vagondan vagonga o‘tish mumkin bo‘lgan 5 ta tarkib keltiriladi

Toshkent metropoliteniga Rossiyadan vagondan vagonga o‘tish mumkin bo‘lgan 5 ta tarkib keltiriladi


Toshkent metropoliteni ayni paytda qurilayotgan metro halqa yo‘li uchun iyul oxiri — avgust boshida Rossiyaning “Metrovagonmash” korxonasida ishlab chiqarilgan beshta “Moskva” modifikatsiyalangan tarkibini oladi. Bu haqda Toshkent metropoliteniga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

6-iyul kuni Inmetropoliten’ning Instagram’dagi sahifasiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” logotipi va O‘zbekiston bayrog‘idagi ranglar tushirilgan 81-765/766 modelidagi “Moskva” vagonlari surati joylangan edi.

Yanvar oyida e’lon qilingan O‘zbekiston Prezidenti qarori loyihasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi “Metrovagonmash” bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijasida ikkita bosh motorli vagon, bitta oraliq motorli va bitta oraliq motorsiz vagondan iborat beshta tarkibni sotib olishga kelishgani aytilgan edi.

Tarkiblarning umumiy qiymati 27,7 million yevroga teng bo‘lib, shartnoma Rossiya “Vneshekonombank”ining 22,14 million yevro krediti va O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondining 5,54 million yevro mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladi.

“Metrovagonmash” saytidagi tavsiflarga ko‘ra, vagondan vagonga o‘tish joyi ochiq bo‘lgan vagonlar kengroq eshiklari, ergonomik divanlari, shovqin va issiqdan izolyatsiya, yo‘lovchilarga axborot berishning zamonaviy tizimi va sutka davriga qarab o‘zgaradigan yoritish tizimi bilan ajralib turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют