» » O‘zbekiston Talgo – 250 tezyurar poyezdidan yana ikkita sotib oladi

O‘zbekiston Talgo – 250 tezyurar poyezdidan yana ikkita sotib oladi


O‘zbekiston Talgo – 250 tezyurar poyezdidan yana ikkita oladi. Shuningdek, qo‘shimcha to‘rtta vagon ham olinadi. Bu haqda Uz24 xabar qildi.

O‘zbekiston hukumati “O‘zbekistonda, temir yo‘llarda yo‘lovchi tashishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash doirasida ikkita Talgo – 250 tezyurar poyezdi va yana qo‘shimcha to‘rtta vagon sotib olish haqidagi qaror”ni qabul qildi. Unga ko‘ra “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Patentes Talgo S.L.U. kompaniyasi bilan muzokara olib bordi va mamlakatga yana ikkita Talgo – 250 tezyurar poyezdi va qo‘shimcha to‘rtta vagon yetkazib berish haqida kelishuvga erishildi.

Kelishuvning umumiy miqdori 57,5 million yevroga baholandi. Kelishuvga ko‘ra ispan kompaniyasi ikkita tezyurar poyezd va to‘rtta vagondan tashqari, avval olib kelingan shu turdagi poyezdlarga servis xizmati ko‘rsatadi va ehtiyot qismlar yetkazib beradi.

Kelishuvga ko‘ra, poyezdlar 2019—2021-yillarda yetkazib beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют