» » Oliy ma’lumotli fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash muddati uzaytiriladi

Oliy ma’lumotli fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash muddati uzaytiriladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial demokratik partiyasining 8-iyuldagi navbatdagi yig‘ilishida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Partiya matbuot xizmatining xabar berishicha, loyihada bir qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar ko‘zda tutilgan.

Birinchidan, Oliy ma’lumotli shaxslar va muddatli harbiy xizmatni chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar istisno tariqasida muddatli harbiy xizmatni to‘qqiz oy o‘tashgan bo‘lsa, kiritilayotgan o‘zgarishga ko‘ra ushbu muddat bir yil etib belgilanmoqda.

Xabarda aytilishicha, Qurolli Kuchlar safiga muddatli harbiy xizmatni o‘tashga chaqirilayotgan fuqarolarning 9—10 foizini oliy ma’lumotlilar tashkil etadi. Mazkur fuqarolar to‘qqiz oy muddatli harbiy xizmatni o‘taganidan so‘ng Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilishi natijasida qolgan uch oy davomida ular egallab turgan lavozimlar bo‘sh (vakant) qolib ketmoqda.

Buning natijasida qo‘shinlarda, ayniqsa, DXX Chegara qo‘shinlari va IIV Qorovul qo‘shinlari bo‘linmalarida kundalik faoliyatda belgilangan vazifalarni bajarishda qiyinchilik va noqulayliklar kelib chiqmoqda.

“Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning bir vaqtda Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilishi natijasida oddiy askarlar lavozimlarining uch oy bo‘sh (vakant) bo‘lib qolish holatlariga barham beriladi, natijada jangovar shaylikni ta’minlashdagi noqulayliklar bartaraf etiladi”, — deyiladi xabarda.

Ikkinchidan, chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalarida amalga oshirilar edi. Kiritilayotgan o‘zgarishga binoan, ushbu vazifa Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlariga yuklatilmoqda.

Uchinchidan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan iyul—avgust oylarida safarbarlik chaqiruvi rezervi (bir oylik) xizmatiga olinishlari mumkinligi belgilanmoqda.

Ushbu holat amaldagi qonunchilikka asosan SChR xizmatiga 27 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning olinishi, ko‘rsatilgan toifadagi fuqarolar esa oliy ta’lim muassasasini tamomlaguniga qadar 27 yoshga to‘lib qolishi bilan bog‘liq. Bu taklifning qabul qilinishi fuqarolar uchun harbiy xizmatni o‘tashda qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Qonun loyihasi “Adolat” SDP fraksiyasi yig‘ilishida konseptual jihatdan qabul qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют