» » Samarqandda “Umarboy” va uning sheriklari 188 kishini 45 mlrd so‘mga chuv tushirganlikda ayblanmoqda

Samarqandda “Umarboy” va uning sheriklari 188 kishini 45 mlrd so‘mga chuv tushirganlikda ayblanmoqda


Xalq orasida “Umarboy” nomi bilan tanilgan Olim Rajabov va uning sheriklari ustidan sud ishi bugungi kunda jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisining o‘rinbosari O‘tkir Mamadaliyevning bildirishicha, Olim Rajabov va uning sheriklari Jinoyat kodeksining 168-moddasi tegishli bandlari bilan 188 nafar jabrlanuvchining jami 44 milliard 647 million 929,4 ming so‘mlik, shu jumladan, 726 ming 850 dollarlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan talon-taroj qilishda ayblanmoqda.

Shuningdek, Jinoyat Kodeksining yana bir qancha modda va bandlariga binoan “Umarboy” 29 milliard 830 million 649,3 ming so‘mlik pul mablag‘ini jamiyatga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalariga topshirmasdan, kirim qilmasdan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p bor buzishda, muayyan majburiyatdan ozod etadigan, jamiyat va xaridorlar o‘rtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarini takroran qalbakilashtirishda, dalolatnomalar qalbaki ekanini bila turib, ulardan takroran foydalanishda, 15 milliard 978 million 31,3 ming so‘mlik mol-mulklarni legallashtirishda ayblanib sudga berilgan.

Mazkur jinoyat ishi hozirgi kunda sudning ish yurituvida bo‘lib, navbatdagi sud majlisi 15-iyul kuni davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют