» » ESPN talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

ESPN talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi


Argentina terma jamoasi hamda “Barselona” hujumchisi Lionel Messi 2019-yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda ESPN’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

32 yoshli futbolchi 2018/19-yilgi mavsum Ispaniya milliy chempionatida 34 ta uchrashuvda 36 ta gol urib, chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Bundan tashqari, argentinalik La Ligada golli uzatma berish bo‘yicha “Sevilya” yarim himoyachisi Pablo Sarabiya bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etdi. Ikkala o‘yinchi ham 13 tadan golga assistentlik qildi.

Messi 2018/19-yilgi mavsum o‘ninchi bor Ispaniya chempioniga aylandi. Shu bilan birga futbolchi 36 ta goli orqali 72 ochko to‘plab, “Oltin butsa”ga ega chiqdi. Mazkur sovrin Yevropa chempionatlari orasida bitta mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchiga beriladi.

Shuningdek, Messi Yevropa Chempionlar Ligasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Leo Ispaniya Kubogida 5 ta o‘yinda 3 ta golga mualliflik qildi.

Messi Kopa Amerika—2019 musobaqasida Argentina terma jamoasi bilan birgalikda 3-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Messidan tashqari ushbu sovringa Krishtianu Ronaldu, Kilian Mbappe hamda Virjil van Deyk ham da’vogarlik qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют